AGMK Germaniya klubini yirik hisobda mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
18 yanv 2018
Bugun AGMK klubi Side shahri sport majmuasida Germaniyaning "SV Olbernxau" jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Uchrashuv gollarga boy tarzda o'tdi. 4-daqiqada raqib jamoa vakili uzoq masofadan Akbar To'raev qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qildi. Oradan 10 daqiqa o'tib Ismar Tandir hisobni tenglashtirdi. 28-daqiqada Anton Zemlyanuxin jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi. 32-daqiqada Sanjar Rixsiboev uchinchi golga mualliflik qildi. Oradan uch daqiqa o'tib Anton o'zining ikkinchi to'pini raqib darvozasiga yo'lladi.

Ikkinchi taymda ustunlik to'laligicha AGMK tarafida bo'lsada, o'yindagi yakuniy hisob 4:1dan boshqa o'zgarmadi.

Mazkur bahsda jamoa safida shug'ullanayotgan 17 nafar futbolchi ishtirok etdi. Qolgan futbolchilar mashg'ulot o'tish bilan cheklanishdi. Sababi, ertaga AGMK Qarag'andaning "Shaxtyor" jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.


AGMK - "SV Olbernxau" 4:1
Gollar: 
Ismar Tandir 14, Anton Zemlyanuxin 28, 35, Sanjar Rihsiboev 32 -  Toni Shuster 4.
AGMK: Akbar To'raev, Dilshod Jo'raev, Ismar Tandir, G'ulom Haydar G'ulomov, Anton Zemlyanuxin, Saydullo Rahmatov, Shahzodbek Alaqulov, Shahboz Umarov, Javlon Guseynov, Sanjar Rihsiboev, Xurshidbek Muxtorov.
Zaxiradan tushganlar: Nizomiddin Ziyovutdinov, Otabek Zokirov, Kamronbek Abdulhamidov, Abdumalik Abdullaev, Vladimir Bubanya, Muhammad Isaev.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-olmaliq.uz