

Ushbu bahsning so'nggi daqiqalarida Olmaliq klubi safida 2004 yilda tug'ilgan yarim himoyachi Nodir Abdurazzoqov maydonga tushdi. Shu tariqa Abdurazzoqov 2021 yil Superligada maydonga tushgan eng yosh (17 yosh, 2 oy va 4 kunlik) futbolchiga aylandi.
Bundan oldingi rekord "Nasaf" vakili Shahzod Akromovga tegishli edi - 17 yosh, 2 oy va 8 kun.




