AGMK Dilshod Ahmadaliev bilan shartnomani 2 yilga uzaytirdi

Mirjalol Normatov
26 dek 2021, 17:15
AGMK jamoasi o'ng qanot himoyachisi Dilshod Ahmadaliev jamoa bilan o'rtadagi kelishuvni 2 yilga uzaytirishga rozilik berdi.

Tomonlar 2023 yilgi mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzishdi.

Endilikda iqtidorli himoyachi yana 2 mavsum olmaliqliklar sharafini himoya qiladi.

Ma'lumot uchun: Ahmadaliev 2021 yilgi mavsum avvalida AGMK safiga o'tib, joriy mavsum barcha musobaqalarda 32 o'yinda ishtirok etib, 1ta gol va 1 bor golli uzatmani amalga oshirdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: АГМК матбуот хизмати