Agent: "Real"ga qaytish Beyl uchun muammo bo'lmaydi, ammo u Zidanga kerak deb o'ylamayman"

Alisher
18 fev 2021, 18:23
"Tottenxem" hujumchisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett mijozining ijara muddati yakunlanganidan so'ng "Real"ga qaytishi haqida gapirdi.

"Real"ga qaytish Beyl uchun muammo bo'lmaydi. Garet hali ham Madridni sevadi, unda klub bilan hech qanday muammo yo'q. "Real" Beylni o'zlarida ko'rishni xohlaydilarmi, shunchaki shuni hal qilish kerak.

Zidanga Beylning qaytishi borasida savol berish kerak. U mening mijozimga qiziqish bildirishiga ishonchim komil emas", - deydi Barnett.

Beyl joriy mavsum London klubi libosida barcha musobaqalarda 16ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Goal