Agent Breytueytning "Barselona"dan ketishi borasidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Alisher
21 iyul 2021
Daniyalik hujumchi Martin Breytueytning agenti Xasan Chetinkaya mijozining "Vulverxempton"ga o'tishi borasida savollarga javob berdi.

"Martin nega ketishi kerak? Hozirda Breytueyt ajoyib murabbiy boshqarayotgan dunyoning eng kuchli klublaridan birida o'ynamoqda. Martin o'tgan Evro-2020da yaxshi o'ynadi. U "ko'k-anorranglilar" safida o'ynashda davom etadi deb o'ylayman", - deydi agent.

Daniyalik futbolchi "Barselona"ga 2020 yilning qishida "Leganes"dan 18 million evro evaziga o'tgandi.

Martin o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Mirror