

Bu haqda Messini 13 yoshida "Barselona"ga olib kelgan argentinalik agent Orasio Gadjioli ma'lum qildi.
"Ishlarim tufayli Kataloniyaga ko'chib ketdim. Leoni "Barselona"ga olib keldim. Ammo Ispaniya poytaxtida yashashga yaqin edim. Agar Madridga ko'chib o'tganimda, Messi "Real"da o'ynayotgan bo'lardi. Messini aeroportda ko'rib qolganimda, bu yigit futbolchi bo'la olmaydi deb o'ylaganman. U juda kichkina va ozg'in edi. Tan olaman, taassurotim yaxshi bo'lmagan. Ammo uni "Barselona" mashg'ulotida ko'rganimdan so'ng, Messi buyuk futbolchi bo'lishini tushundim" - deydi Gadjioli.



