Agar Zidan Primero yoki YCHLni yutmasa uning o'rniga Yoaxim Lev kelishi mumkin

Narzulla Saydullayev
25 apr 2017
Real agar Zinedin Zidan Ispaniya chempionati yoki YCHLda g'olib chiqa olmasa uning o'rniga boshqa murabbiy olib kelmoqchi.

Madrid klubining asosiy nishoni Germaniya terma jamoasi ustozi Yoaxim Lev bo'lib turibdi. Bundan tashqari Antonio Konte (Chelsi) va Maurisio Pochettino (Tottenxem) kabi nomzodlar ham ko'rib chiqilmoqda.

O'tgan yil oktyabr oyida Lev Germaniya futbol ittifoqi bilan 2020 yilga qadar yangi shartnoma tuzgandi.

O'tgan yil Real Zidan boshchiligida YCHL va UEFA Superkubogini yutdi, dekabr oyida klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida g'olib bo'ldi.

Yanvar oyida madridliklar Ispaniya kubogida Seltaga yutqazib qo'yib musobaqani tark etgandi.

Ispaniya chempionatining 33ta turidan so'ng Barselona bilan bir xil ochkoga ega va bitta kam o'yin o'tkazgan. Klub YCHL yarim finalida Atletiko bilan o'ynaydi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com