

"Tachmurod Shamakovichni mavsum boshida jalb qilmoqchi edik. Lekin ayrim sabablarga ko'ra bu amalga oshmay qoldi. Hozirda ham maslahatchi, ham selekcioner sifatida ko'maklashyaptilar. Bundan tashqari Augustin Chirica ham safimizga qo'shildi",- deydi Asror Aliqulov.
- Jamshid Saidov ham murabbiylar shtabidan o'rin oladimi?
- Kelish yoki kelmasligi haqida aniq narsa yo'q.
- OKMK bilan uchrashuvga tayyorgarlik qanday ketyapti. Umuman futbolchilarning kayfiyati qanday?
- Hozirgi vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilyapmiz, yigitlarga uqtirmoqdamiz. Hammasi o'z qo'limizda. Qiyin holatga o'zimizning aybimiz bilan tushib qoldik. Keraksiz kartochkalar va hokazo. OKMKga qarshi imkoniyatimizdan kelib chiqib reja tuzyapmiz.




