Afsonalar uchrashuvida ishtirok etuvchilar nomi e'lon qilindi

Aslanov Jasurbek
27 may 2016
Milanda chempionlar festivali doirasida Chempionlar uchrashuvi o'rtoqlik bahsi bo'lib o'tadi va unda jahon futbolining afsonalari ishtirok etadi.

Jamoalarning birida "Milan" va "Inter"ning mashhur o'yinchilari, boshqasida esa butun jahon yulduzlari to'p tepadi.

"Milan" va "Inter" afsonalari

Darvozabon: Franchesko Toldo. 

Futbolchilar: Kafu, Roberto Karlos, Djanluka Dzambrotta, Mark van Bommel, Deyan Stankovich, Luish Figu, Marsel Desayi, Filippo Indzagi, Patriciya Paniko, Lotar Matteus, Klarens Zeedorf, Xuan Sebastyan Veron, Fabio Kannavaro, Estebano Kambyasso.

Murabbiylar: Ruud Gullit va NBAning italiyalik basketbolchisi Danilo Gallinari.


Jahon terma jamoasi

Darvozabon: Vitor Bayya. 

Futbolchilar: Michel Salgado, Stefani Xauton, Gaiska Mendeta, Klod Makelele, Rober Pires, Predrag Miyatovich, Veronika Bokete, Davor Shuker, Rai, Kristian Karambe, Stiv Makmanaman, David Trezege, Deku, Erik Abidal.

Murabbiylar: Emilio Butrageno, Antonio Lopes.

O'yinda faqat erkaklar futbol afsonalari emas, balki ayollar futboli yulduzlari ham ishtirok etadi: Patriciya Paniko, Veronika Bokete va ayollar futboli rivojlanishi elchisi Stef Xauton.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com