Afrikaning eng yaxshi futbolchisi kim bo'lishi ma'lum

Оқил Абдубарноев
21 iyul 2022
"Bavariya" va Senegal terma jamoasi hujumchisi Sadio Mane Afrikaning eng yaxshi futbolchisi deb topiladi. Bu haqda jurnalist Gari al Smit ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Mane Afrika Millatlar Kubogida g'olib chiqqan, shuningdek, Senegal terma jamoasiga ketma-ket ikkinchi marta noyabrdan dekabrga qadar Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanma olishiga yordam bergandi. Klubdagi yutuqlari haqida gapiradigan bo'lsak, Sadio "Liverpul" bilan mamlakat kubogi va liga kubogini qo'lga kiritdi, shuningdek, Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi.

Mazkur sovrin uchun kurashda Mane "Liverpul"dagi sobiq sherigi Muhammad Saloh va senegallik jamoadoshi Eduard Mendini ortda qoldirdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/garyalsmith