

Finalga Per-Emerik Obameyang (Borussiya Dortmund, Gabon), Andre Ayyu (Suonsi, Gana) va Yaya Ture (Manchester Siti, Kot-d′Ivuar) kabi futbolchilar chiqishdi.
Shunday qilib quyidagi futbolchilar bu yil ushbu sovringa ega chiqa olishmaydi: Muhammad Salox (Roma, Misr), Yasin Braimi (Portu, Jazoir), Sofian Feguli (Valensiya, Jazoir), Serj Ore (PSJ, Kot-d′Ivuar), Sado Mane (Sautgempton, Senegal), Aymen Abdennur (Valensiya, Tunis) va Mudatir El-Toxir (Al-Hilol Omdurman, Sudan).
Sovrin 7 yanvar kuni Nigeriya poytaxti Abudja shahrida topshiriladi.



