

"Adrar" stadionida kechgan bahsda "firavnlar" qiyinchilik bilan g'alabani qo'lga kiritib, chorak final yo'llanmasiga ega chiqishdi.
Uchrashuvning asosiy vaqtida jangovar durang qayd etildi. 70-daqiqada Marvan Attiya hisobni ochgan bo'lsa, 83-daqiqada Jodel Dossu muvozanatni tiklab, beninliklarga umid bag'ishladi.
Biroq qo'shimcha taymlarda Misr terma jamoasi o'z tajribasini namoyish etdi. 97-daqiqada Yassir Ibrohim jamoasini oldinga olib chiqqan bo'lsa, ekstra-taymlar yakunida jamoa sardori Muhammad Saloh yakuniy nuqtani qo'ydi - 3:1.
Afrika Millatlar Kubogi-2025. 1/8 final
MISR - BENIN 3:1 (qo'shimcha taymlarda)
Gollar: M. Attiya (70), YA. Ibrohim (97), M. Saloh (120+4) - J. Dossu (83).
Misr: El-Shenavi, Hani, YA. Ibrohim, Rabia, Hamdi, Attiya, Fathi, Odil, Saloh, Marmush, Trezege.
Benin: Danjinu, Uoru, Verdon, Tijani, Roshe, Imuran, Samadu, Tosin, Dodo, Olaytan, Mune.
Shu tariqa, 7 karra qita chempioni bo'lgan Misr chorak finalga yo'l oldi. Endi ular Kot-d’Ivuar - Burkina-Faso juftligi g'olibiga qarshi maydonga tushishadi.



