Afrika Millatlar Kubogi-2019. Yarim finalning ilk ishtirokchisi ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
10 iyul 2019, 23:10
Misrdagi qita birinchiligi ¼ finalining ilk to'qnashuvi Senegal hamda Benin o'rtasida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvdagi yagona gol Sadio Manening uzatmasidan so'ng, Idrissa Guye tomonidan urildi. Shu tariqa, Senegal yarim finalning birinchi ishtirokchisiga aylandi. Ularning raqibi esa 12 iyul kuni Madagaskar – Tunis bahsidan so'ng aniqlanadi.

Eslatib o'tamiz, bugun Toshkent vaqti bilan 00:00da chorak finaldan o'rin olgan yana bir o'yin Nigeriya – JAR to'qnashuvi o'tkaziladi.


Senegal – Benin 1:0 (0:0, 1:0)

30 June Air Defence Stadium

Gol: 1:0 – 69 Guye.

Senegal – Gomis, Kulibali, Sabali, Gassama, Kuyate, Guye (Sane, 89), Seve, Mane, Ndiaye, Keyta Balde (Diatta, 65), Nyang (Diane, 64).

Benin – Allagbe, Imoru, Baraze, Verdon, Adilyu, Adeoti, DʼAlmeda (Seybu, 69), Sessenon, Suku (Djigla, 81), Mune, Pote (Dossu, 77).

Ogohlantirishlar: Suku (44), Mane (90), Mune (90).

Chetlatish: Verdon (82).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia