Afrika Millatlar Kubogi-2019. Musobaqaning ikki karra g'olibi debyutant Madagaskarga yutqazdi

Eldor Akmurzayev
7 iyul 2019
Misrdagi qita birinchiligining navbatdagi nimchorak finalida Madagaskar termasi Kongo DR vakillari qarshi to'qnash keldi.

Bahs asosiy bo'limlari 2:2 hisobida yakunlandi. Ekstrataymlarda esa darvozalarga boshqa gol kritilmadi. O'yindan keyingi futbol lotereyasida musobaqa debyutanti Madagaskar omadliroq chiqdi va Afrika Millatlar Kubogining ikki karra g'olibini taslim etishga erishdi.

Madagaskarning keyingi bosqichdagi raqibi esa ertaga bo'lib o'tadigan Gana – Tunis uchrashuvidan so'ng ma'lum bo'ladi. 

Bugun shuningdek, 1/8 finaldan o'rin olgan Jazoir – Gvineya bahsi (Tosh. vaqti – 00:00) ham o'tkaziladi. 


Madagaskar –  Kongo DR 2:2 (1:1, 1:1, 0:0, 0:0)

Alexandria Stadium

Gollar: 1:0 – 9 Amada, 1:1 – 21 Bakambu, 2:1 – 77 Andriacima, 2:2 – 90 Mbemba.

Penaltilar seriyasi: 4:2

Madagaskar – Adrien, Razakanantenaina, Fonten, Metanir, Raveloson (Andrianarimanana, 58), Nomendjanaxari (Kaluan, 89), Abel, Mombris, Andriacima (Rakotoxarimalala, 112), Andriamacinoro (Morel, 105), Amada.

Kongo DR – Matampi, Mbemba, Tisseran, Mpeko, Mulumbu (Bokadi, 67), Ngonda, Akolo (Bolazi, 70), Moke (Elia, 46), Magoma, Bakambu, Assombalonga (Mpoku, 90).

Ogohlantirishlar: Mulumbu (45), Mpeko (97), Morel (113).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia