Afrika Millatlar Kubogi-2019. 1/8 finalning ilk to'qnashuvi o'tkazildi va g'olib futbol lotereyasida aniqlandi

Eldor Akmurzayev
6 iyul 2019
Afrika Millatlar Kubogi-2019 nimchorak finalining ilk bahsida Marokash vakillar Benin bilan uchrashdi.

Bahsning asosiy bo'limlari 1:1 hisobi bilan yakunlandi. Qo'shimcha taymlarning birinchisida esa beninliklar himoyachisi Holid Adenon raqibga qo'pollik ishlatgani uchun ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi. Shu tariqa, ekstra taymlarda ham hisob o'zgarmadi. 

O'yindan keyingi penaltilar seriyasida esa Benin vakillari omadliroq chiqdi. Ularning keyingi bosqichdagi raqib ayni daqiqalarda boshlangan Uganda – Senegal o'yindan so'ng ma'lum bo'ladi. 


Marokash – Benin 1:1 (0:0, 1:1, 0:0, 0:0)

Cairo Military Production Stadium

Gollar: 0:1 – 53 Adilyu, 1:1 – 75 En-Nosiri.

Penaltilar seriyasi: 1:4.

Marokash – Bunu, Saiss, da Koshta, Hakimi, Belhanda (Bufal, 59), Bussufa, El-Ahmadi (Fajr, 107), Ziesh, Amrabat (Idrissi, 88), Dirar (Mazraui, 74), En-Nosiri.

Benin – Allagbe, Adilyu, Verdon, Adenon, Imoru, Sessenon, Adeoti, Dossu (Anaan, 87), Seybu, Suku (Jigla, 69), Pote (DʼAlmeda, 108).

Ogohlnatirishlar: Adenon (41), Suku (51), Idrissi (90), El-Axmadi (100), Seybu (105), Anaan (106).

Chetlatish: Adenon (97).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia