

"Esperans" hamda "Kabili" o'rtasidagi to'qnashuv 29 aprel kuni Tunisda o'tkazilgandi.
Mezbon jamoa muxlislari policiyaga qarshi mojaro uyushtirib, tribunada fayerlar yoqdi. Ikkinchi bo'lim 40 daqiqaga kechiktirildi. Stadionga o't o'chirish xizmatini chaqirishga to'g'ri keldi.
Mamlakat ichki ishlar vazirligi bergan ma'lumotga ko'ra, 66 kishi qo'lga olingan, ularning 12 nafari voyaga etmaganlar. Shu bilan birga bir muxlis benzoarra bilan qo'lga tushgan. Ma'lum bo'lishicha, u benzoarrani stadion omboridan o'g'irlagan.



