Adidas Pogbaga bosim o'tkazmoqda

Mirjalol Normatov
23 iyun 2019
"Manchester Yunayted" homiysi Adidas kompaniyasi yarim himoyachi Pol Pogbaning jamoada qolishini istamoqda.

"Mirror" xabariga ko'ra, kompaniyadagilar fransiyalik jamoaning brendini ko'tarayotgan asosiy yulduz deb hisoblamoqda. Uning xizmatlariga "Real" va "Yuventus" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Oldinroq Pogbaning o'zi ham jamoadan kyetishga qarshi emasligi borasida ma'lumotlar berilgandi.

Pogba 2016 yildan buyon MYUda o'ynamoqda. U o'tgan mavsumda jamoasi tarkibida 47 o'yinda qatnashib, 16 gol urdi.

Eslatib o'tamiz, Adidas 10 yil davomida MYU bilan hamkorligi uchun klubga 850 million evro to'laydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror