Adama Traore "Vulverxempton" safida 33 o'yinda ilk bor gol urdi

Alisher
9 yanv 2021, 14:55
"Vulverxempton" yarim himoyachisi Adama Traore Angliya Kubogi uchinchi bosqichi doirasidagi "Kristal Pelas" (1:0)ga qarshi o'yinda gol urishga erishdi.

24 yoshli Ispaniya terma jamoasi futbolchisi "Vulverxempton" tarkibida barcha musobaqalarda 33ta o'yinda ilk bor gol urdi.

U so'nggi bor 2020 yilning 27 fevralida Yevropa Ligasi 1/16 finali doirasidagi "Espanol" (2:3)ga qarshi o'yinda gol urgan edi.

Futbolchi joriy mavsum "Vulvz" safida 19ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Opta