Acherbining "Inter"ga transferi barbod bo'ldi

Sherzod Nurmatov
31 avg 2022
"Lacio" himoyachisi Franchesko Acherbining "Inter"ga o'tishi yozda amalga oshmaydi.

Futbolchining transferi Milan klubi prezidenti Stiven Jan tufayli amalga oshmay qoldi, deb xabar berdi "Sky Sport Italia".

Manbaga ko'ra, "Inter" prezidenti kelishuvga aralashib, futbolchilarning maoshiga sarflanadigan xarajatlarni oshirmoqchi emasligi sababli uni muzlatib qo'ygan.

Acherbi o'tgan mavsum A Seriyaning 30 ta o'yinida 4 ta gol urgan va 1 ta golli pas uzatgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia