Abror Pirriev doping tekshiruvi o'tkazish uchun doping oficerlarini jamoamiz istiqomat qilayotgan mehmonxonaga tashrifi borasidagi savolga javob berdi

Khoja
4 iyun 2025
O'zbekiston Futbol Associaciyasi "Tibbiy Qo'mita" raisi hamda "Lokomotiv" PFK bosh shifokori Abror Pirriev doping tekshiruvi o'tkazish uchun doping oficerlarini jamoamiz istiqomat qilayotgan mehmonxonaga borishi ortidan yuborilayotgan savollarga umumiy javob`berdi.

JCH saralash o'yinlarida doping tekshiruv nazorati aynan FIFA tomonidan belgilanib, uni amalga oshirishgina OFK zimmasidagi vazifadir.

Bunday tekshiruvlar muhim xalqaro o'yinlar avvalidan o'tkaziladigan odatiy tadbir hisoblanadi. Bunda musobaqa shaffofligi hamda futbolchilar profesionalligi nazorati ustivor qilib olingan. Bu yo'ldagi samaradorlik uchun nafaqat o'yindan keyin, balki tayyorgarlik mobaynida ham qo'qqisdan tekshiruvlar o'tkazish tajribasi anchadan buyon ma'lum. Masalan shaxsan o'zim FIFA va OFK doping oficeri sifatida bunday tekshiruv tadbirlarida bir necha bor ishtirok etganman

Xullas, futbol atrofidagi turli mavzularga ko'p ham e'tibor bermasdan, bor hissiyotimizni maydonda futbolchilarimizni qo'llab-quvvatlashga qaratganimiz maqbuldir.


KhojaMuallif
Manba: @abrorpirmuhammad