Abduxoliqov va "Xayduk" "Dinamo"ga mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
23 mar 2014
Kecha Xorvatiya chempionatining 27-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tdi.
"Xayduk Split" o'z uyida chempionat peshqadami "Dinamo Zagreb"ni qabul qilib yirik 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Temurxo'ja Abduxoliqov ikkinchi bo'lim boshida zaxiradan maydonga tushdi.

"Xayduk" 52 ochko bilan musobaqa jadvalining ikkinchi pog'onasida bormoqda. Klub keyingi o'yinni 28 mart kuni o'z uyida "Zadar"ni qabul qiladi.

"Xayduk Split" - "Dinamo Zagreb" 0:2
Gollar:
Kop 24 penalti, Alen Xalilovich 90+5.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia