

Hamyurtlarimiz faoliyat olib borayotgan "Al Sayliya" klubi safarda "Al Garafa" mehmoni bo'lib 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvda Abduxoliqov to'liq o'ynab ikkita gol urdi. Sanjar Shoahmedov 72-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. "Al Sayliya" 26 ochko bilan musobaqa jadvalining 8-pog'onasida bormoqda.
"Al Garafa" - "Al Sayliya" 2:3
Gollar: Jorj Kvasi 33, Moayed Hassan 90+2 - Temurxo'ja Abduxoliqov 28, 90+5, Vagner Ribeyro 39



