

Bugun "Al Sayliya" Qatar Yulduzlar ligasi 17-turida "Umm Salal" bilan o'yin o'tkazdi. Bu uchrashuvda Temurxo'ja Abduxoliqov va Sanjar Shoahmedov asosiy tarkibda maydonga tushishdi. Shoahmedov 68, Abduxoliqov 90 daqiqa o'ynadi. Bahsning 30-daqiqasida Temurxo'ja Abduxoliqov belgilangan penaltidan gol urib debyut uchrashuvida gol urdi.
Bahsda boshqa gol urilmadi va "Al Sayliya" g'alabaga erishdi. Klub hisobidagi ochkolar 18taga etdi va 9-o'ringa chiqdi.
"Al Sayliya" - "Umm Salal" 1:0
Gol: Temurxo'ja Abduxoliqov, 30 penalti.




