Abduvohid Ne'matov: "O'zbekistonni Olimpiadaga olib chiqishimiz kerak"

Iskandarov Abdulaziz
10 apr 2024
O'zbekiston U-23 terma jamoasi darvozaboni Abduvohid Ne'matov Qatardagi U-23 Osiyo Kubogiga tayyorgarlik jarayonlari bilan o'rtoqlashdi.

"Avvalambor, barchani xayit bayrami bilan tabriklayman. Olimpiadaga chiqish uchun uzoq vaqt tayyorgarlik ko'rdik. Osiyo Kubogiga tayyorgarlikning so'nggi bosqichidamiz. Xitoyga qarshi so'nggi nazorat uchrashuvidan so'ng Qatarga yo'l olamiz. 

Raqiblarga kelsak, hozir hamma futbol o'ynashni biladi. Masalan Vetnam bilan oldin to'qnash kelganmiz. Barchani hurmat qilgan holda faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. 

Faoliyatimda bir marotaba shunday jarayonni o'tkazganman. O'shanda Olimpiyadaga chiqish nasib qilmagandi. Buning qadrini qandayligini yaxshi bilaman. Tarixni yangilab O'zbekistonni Olimpiadaga olib chiqishimiz kerak. Muxlislarga sog'lik-salomatlik, bayramlarni yaxshi kayfiyatda o'tkazib olishlarini tilab qolaman",- deydi Abduvohid Ne'matov.

 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати