Abdurauf Bo'riev: "Hisob 6:0 bo'lsin yoki 1:0 – g'alaba uchun 3 ochko beriladi. Hozirda xorij klublari bilan muzokaralar ketmoqda"

Оқил Абдубарноев
23 iyun 2025
Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar yarim himoyachisi Abdurauf Bo'riev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida fikringiz...

- Xudoga shukur, g'alabaga erishdik. "Qo'qon-1912" bizga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rgan ekan. Murabbiylarning ko'rsatmalarini bajardik.

- "Paxtakor" ijobiy natijalar qayd etayotganiga qaramay, oxirgi o'yinlarda ancha qiyinchiliklarga duch kelmoqda, hatto turnir jadvalida pastki o'rinda borayotgan jamoalarni ham qiyinchilik bilan engmoqda. Bunga sabab nima?

- Har qanday jamoa bilan o'ynash oson emas. Har bir raqib alohida tayyorgarlik ko'radi. O'yinda asosiy narsa – natija. 6:0 mi, 1:0 mi, qanday hisob qayd etilishidan qati nazar, g'alaba uchun uch ochko beriladi.

- Keyingi turda "Paxtakor" "Nasaf" mehmoni bo'ladi. Qarshiliklar kubok bellashuvi uchun revansh olishga urinishi tabiiy. Jamoangiz bunga qanday tayyorgarlik ko'rmoqda?

- Keyingi bellashuvdagi raqib – "Nasaf" bilan o'zaro hisob-kitob mavjud. Qarshiliklar turnir jadvalida 1-o'rinda bormoqda, biz ochkolar farqini qisqartirmoqchimiz. Bir kun dam olib, "Nasaf"ga qarshi tayyorgarlikni boshlaymiz. Mehmondagi o'yin og'irroq bo'ladi, lekin g'alaba uchun boramiz.

- Eshitishimizga qaraganda, faoliyatingizni xorijda davom ettirishingiz mumkin ekan...

- Hozirda xorij klublari bilan muzokaralar ketmoqda, nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia