Abduqodir Husanov - "Panatinaikos" - "Lans" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi!

Sherzod Nurmatov
30 avg 2024
Lensois.com "Lans"ning har bir o'yinidan so'ng muxlislar ovozini to'playdi.

Sayt o'tkazgan so'rovnomaga ko'ra "Lans" "Panatinaikos"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'lganiga qaramay, himoya markazida Kevin Danso o'rniga tushirilgan Abduqodir Husanov muxlislar etirofi bo'yicha eng faol futbolchi deb topildi. 

Husanov so'rovnomada 42,47% to'plagan. Eng yaqin taqibchi – yarim himoyachi Andi Diuf 26,36% ovoz olgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Lensois.com