Abduqodir Husanov nega "Lans B" jamoasida maydonga tushdi? Futbolchining agenti javob berdi

Narzulla Saydullayev
13 apr 2024
Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abudqodir Husanov bugun "Lans B" safida maydonga tushdi.

Ko'pchilik "Lans" nega bunday yo'l tutgani borasida turli taxminlarni e'lon qilmoqda. Biz futbolchining agenti bilan bog'landik va bu vaziyatga oydinlik kiritdik. 

"Ayni paytda O'FA rahbariyati Husanovni U-23 Osiyo kubogida ishtirok etishini taminlash maqsadida Fransiya klubi bilan muzokara o'tkazmoqda. "Lans" murabbiylar shtabi esa Abduqodirning Qatarga ehtimoliy ketishini hisobga olib, "Metc" bilan o'yinda boshqa himoyachi va boshqacha sxemani sinab ko'rish uchun uni qaydnomaga kiritmadi. Futbolchi tonusda qolishi va o'yin amaliyoti bo'lishi uchun B jamoasi safida maydonga tushishini maul ko'rildi", - dedi Husanovning agenti. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Championat.asia