

Futbolchilik saboqlarini Bunyodkor akademiyasida Sergey Chigodaev qo'l ostida boshlaganman. 2002 yilda tavallud topgan futbolchilar bilan birga mashg'ulot olib borganman. Keyinchalik 2003 yilgi bolalar bilan shug'ullanganman. 7 yoshimda ushbu akademiyaga kelganman va u erda 16 yoshimga qadar bo'lganman. Bunyodkor akademiyasidan so'ng meni o'rinbosarlar jamoasiga olishmagan. Shundan so'ng Belarusga ketganman, - dedi Abduqodir Husanov.



