Abduqodir Husanov Fransiya chempionatida oyning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi

Administrator
6 noya 2024
O'zbekistonlik himoyachi muxlislar tomonidan o'tkazilgan so'rovnomada katta ustunlik bilan g'alaba qozondi.

“Lans” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov Fransiya chempionatining oktyabr oyidagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. Abduqodir muxlislar orasida o'tkazilgan so'rovnomada katta ustunlik bilan g'alaba qozondi. “Oy javohiri” nomli mukofotni yutish uchun nomzodlar safida Jonatan Rou (“Marsel”) va Malik Fofana (“Lion”) ham bor edi. Abduqodir so'rovnomada 47% ovoz oldi. Rou va Fofana esa mos ravishda 28% va 25% ovoz to'plashdi.


AdministratorMuallif
Manba: https://x.com/Ligue1