Breaking! Abduqodir Husanov bugun xususiy samolyotda Manchesterga uchib boradi

Tolibjon Qosimov
16 yanv 2025
Biroz avval Husanov "Manchester Siti"da qaysi raqamda o'ynashi haqida xabar bergan edik.

Abduqodir Husanov "Manchester Siti"da qaysi raqamda o'ynashi ma'lum

20 yoshli himoyachining agenti Gayrat Xasbiullin kecha Toshkentdan Parijga uchib ketgan edi. Bugun esa futbolchi va uning agentlari transferni yakunlash uchun Angliyaga yo'l olishadi.

Mahalliy vaqt bilan 19:30 (Toshkent vaqti bilan 23:30)da Parijdagi "Le Burje" aeroportidan Manchesterga xususiy samolyotda Abduqodir Husanov va uning agenti uchib ketishadi. 1 soat 15 daqiqalik parvozdan keyin ular manzilga yetib borishadi. Ertaga, juma kuni esa Husanov "Manchester Siti"da tibbiy ko'rikdan o'tadi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia