

- "Bunyodkor"ni yarim final bilan tabriklayman. Bugun ular yaxshi himoyalanishdi va o'z darvozalari dahlsizligini saqlagan holda yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Ochig'ini aytganda, "Bunyodkor"ga ko'proq Toshkentda o'tgan birinchi uchrashuv natijasi asqotdi. Bugun bizda gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi. Biroq ulardan foydalana olmadik. Biz kubokka ham, chempionatga ham astoydil kurashdik va kurashyapmiz. Endi bor e'tiborimizni chempionatga qaratamiz, - deydi Abduqahhor Marufaliev.
“Bunyodkor” matbuot xizmati
“Bunyodkor” matbuot xizmati



