Abdumajid Toirov: "Andijon" - "Navbahor" uchrashuvida murabbiylarning taktikasi va futbolchilarning mahorati natijani hal qiladi"

Iskandarov Abdulaziz
26 iyun 2024
Tajribali futbol mutaxassisi, sobiq futbolchi Abdumajid Toirov "Andijon" - "Navbahor" uchrashuvidan avval jamoalarning imkoniyatlarini baholadi.


"Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib aytadigan bo'lsak "Navbahor"ning imkoniyatlari "Andijon"ga nisbatan ko'proq. "Bobur Arena"da istalgan mehmon jamoa uchun ham o'ynash oson emas. Lekin "lochinlar" tarkib jihatdan ham raqibidan ustunroq deb o'ylayman. Bugungi o'yinda birinchi o'rinda murabbiylarning tanlagan taktikasi va futbolchilarning mahorati natijani hal qiladi",- deydi Abdumajid Toirov.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia