Abbos Otaxonov: “Navbahor”ga meni Ilhom Mo'minjonov chaqirgan”

Narzulla Saydullayev
13 yanv 2017
Toshkentning “Paxtakor” klubi himoyachisi Abbos Otaxonov ayni damda Namanganning “Navbahor” jamoasi safida mashg'ulot o'tkazmoqda.

“Bugun qishki yig'indagi ikkinchi nazorat uchrashuvimizni "Mashal"ga qarshi o'tkazdik. Ushbu bahs "Olmaliq" bilan o'yinga qaraganda biroz og'ir o'tdi. Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik olib boryapmiz. Kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar bo'lmoqda. Ko'proq jismoniy holatimizga e'tibor qaratganmiz.

“Paxtakor” klubidan ketishimga hech qanday sabab bo'lmadi. Ikki tomonning kelishuviga ko'ra “Navbahor” klubiga ijara asosida ko'chib o'tdim. Lekin hozircha shartnoma imzolanmadi. Boshqa jamoalardan ham taklif bor edi. Lekin ushbu klubda “Paxtakor”ning sobiq murabbiyi Ilhom Mo'minjonov bosh murabbiy bo'lgani uchun “Navbahor” variantini tanladim. Bu klubga meni Ilhom Mo'minjonov chaqirdi”, - deydi Abbos Otaxonov.

Jahongir Sotvoldiev



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia