Abbos Maxstaliev butsalarini mixga ildi

Aslanov Jasurbek
15 avg 2021
O'z vaqtida muxlislar va mutaxassislar tomonidan kelajagi porloq o'yinchi sifatida qaralgan Maxstaliev butsalarini mixga ilishga qaror qildi.

Superliga klublarida barqaror o'yin ko'rsata olmay, PRO-Liga jamoalarida qo'nim topgan sirdayorlik futbolchi bu yil Farg'onaning “Istiqlol” jamoasida ko'rinish bergandi. Ammo keyinchalik bu jamoa tarqatib yuborilgach, Abbos Toshkent viloyatining “Rubin” jamoasiga borib qo'shildi. Ajablanarlisi ushbu jamoa ham ko'p o'tmay musobaqadagi ishtirokini to'xtatdi. Shundan so'ng Abbos o'ziga yangi jamoa topishga qiynaldi chog'i. Natijada sobiq futbolchi murabbiylikka o'tishga qaror qildi. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Maxstaliev “Yangier futbol akademiyasi”da murabbiy sifatida ish boshlagan.  

Saytimiz nomidan Abbos Maxstalievning murabbiylik sohasidagi faoliyatiga omad tilaymiz.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia