

Ushbu uchrashuvda tomonlar murosa yo'lini tanlashdi 1:1. Qiziqarli kechgan uchrashuvdan so'ng “Neftchi” klubi futbolchisi Abbos Mahsitaliev o'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Navbahor”ga qarshi uchrashuv juda ham qiyin bo'ldi. Bahsning so'nggi daqiqalarida biroz himoyaga yotib olib harakat qilganimiz uchun qiyinchilikka duch keldik. Durang natija va chiroyli o'yin bo'lgani uchun muxlislarimiz ham natijadan xursand bo'lishdi. Oldimizda kubok o'yini kutib turibdi. Barcha uchrashuvlarga bir xilda tayyorgarlik ko'ramiz”, - deydi “Neftchi” futbolchisi Abbos Maxsitaliev.
Sherzod Hamdamov yozib oldi




