A Seriyaning 3 top-klubi "Barselona" darvozaboniga qiziqish bildirmoqda

Mirjalol Normatov
24 iyun 2021, 22:12
"Barselona" posboni Neto faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin

31 yoshli posbonning xizmatlariga "Milan", "Inter" va "Roma" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Futbolchining agenti Milan shahriga tashrif buyurib, ikki klub bilan gaplashib ko'rgan. "Roma" esa ijara borasida taklif yuborgan.

"Blaugrana" braziliyalikning transferi borasidagi takliflarni eshitishga tayyor. Neto uchun A Seriya begona emas. U "Yuventus" va "Fiorentina" kabi klublar sharafini himoya qilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Diario Sport