A Seriya debyutanti jahon chempioni bilan shartnoma imzolaydi

Aslanov Jasurbek
13 iyul 2024
Pepe Reyna "Viyarreal"dan "Komo"ga o'tadi.

41 yoshli darvozabon A Seriya debyutanti bilan 1 yillik shartnoma borasida kelishib oldi.

Oldinroq Reynaning "Vilyarreal" bilan bitimi yakuniga etgan edi.

Reyna Ispaniya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo'lgan. Faoliyati davomida "Napoli", "Milan", "Lacio" sharafini himoya qilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com