A Seriya. Yirik hisobda zafar quchgan "Milan" "Napoli"ni ortda qoldirdi

19 iyul 2020, 02:55
"Milan" Italiya chempionatining 34-turida "Bolonya"ni mag'lub qildi.

"San-Siro"da o'tkazilgan o'yin mezbonlarning  5:1 hisobidagi g'alabasi bilan nihoyasiga etdi. "Milan" tarkibida gollarga Aleksis Salemakers, Xakan Chalxanoglu, Ismael Bennaser, Ante Rebich va Davide Kalabriya mualliflik qilgan bo'lsa, mehmonlarning yagona goli Takexiro Tomiyasu tomonidan urildi.

Ushbu g'alabadan keyin "rossonerilar" ochkolar soni bo'yicha 6-o'rindagi "Napoli"dan o'zib ketishdi. → musobaqa jadvali

Milan – Bolonya 5:1 

19 iyul, 00.45, Djuzeppe Meacca (San-Siro)

Gollar:

1:0 – 10 Salemakers, 2:0 – 24 Chalxanoglu, 2:1 – 44 Tomiyasu, 3:1 – 49 Bennaser, 4:1 – 57 Rebich, 5:1 – 90 Kalabriya.

Milan – Donnarumma, Ker, Kalabriya, Romanoli, Teo, Kessie, Salemakers (Krunich, 62), Bennaser (Bigliya, 79), Chalxanoglu (Bonaventura, 61), Ibragimovich (Rafael Leau, 62), Rebich (Kolombo, 82).

Bolonya – Skorupski, Deyks, Tomiyasu (Mbaye, 59), Larangeyra (Korbo, 59), Densvil, Soriano (Svanberg, 75), Poli, Orsolini (Olsen, 75), Dominges (Baldursson, 60), Sansone, Santander.

Ogohlantirishlar:

Sansone (34), Ker (51), Salemakers (54).


Manba: championat.asia