A Seriya uchrashuvi Avstraliyada o'tkazilishi mumkin

Mirjalol Normatov
10 iyul 2025
Italiya futbol federatsiyasi "Milan" - "Komo" uchrashuvining Avstraliyada o'tishiga ruhsat berdi.

Unga ko'ra, bahs 8 fevral kuni Pertda o'tkazilishi kutilmoqda.

A Seriya jamoalari o'rtasidagi bahs top-besh ligalarda ichki mamlakatdan tashqarida o'tishi mumkin bo'lgan ilk uchrashuvga aylanadi. Biroq buning uchun Avstraliya, UEFA, OFK va FIFAning ruhsati kerak bo'ladi.

Uchrashuvning boshqa mamlakatda o'tkazilishiga sabab - 6 fevral kuni "San-Siro"da qishki Olimpiada o'yinlarining ochilish marosimi o'tkaziladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal