

Insayder Nikolo Skira ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan hafta Turin klubi va Tyuram agentlari o'rtasida ilk uchrashuv bo'lib o'tgan. Unda shartnomani 2030 yilgacha uzaytirish masalasi muhokama qilingan.
Qayd etilishicha, uchrashuv ijobiy ruhda o'tgan va tomonlar o'zaro kelishuvga yaqin.

Aytish joizki, kuni kecha Kenan Yildiz "keksa sinora" bilan yangi shartnoma imzolagani ma'lum qilingandi.
Eslatib o'tamiz, A Seriyaning 23 turidan so'ng Turin jamoasi turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.



