A Seriya. "Napoli" "Inter"ga maksimal yaqinlashib olish imkoniyatini qo'ldan chiqardi

Aslanov Jasurbek
8 apr 2025, 06:07
A Seriyaning 31-turida "Napoli" "Bolonya" mehmoni bo'ldi.

Neapolliklar 18 daqiqada tezkor gol urishga muvaffaq bo'lishdi. Anguissa o'z nomini tabloga yozdirib qo'yib, "Napoli"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq ikkinchi bo'lim o'rtalarida mezbonlar muvozanatni tiklashdi. Dan Ndoyening goli mehmonlarni muhim ochkolardan mahrum qildi.

Shunday qilib, "Napoli" A Seriya jadvali yetakchisi "Inter"ga maksimal yaqinlashib olish imkoniyatini qo'ldan chiqardi.


A SERIYA JADVALI


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia