A Seriya. Zlatan penaltini noaniq amalga oshirganiga qaramay, “Milan” safarda g'alabaga erishdi

Eldor Akmurzayev
30 yanv 2021
Italiya chempionati 20-turidan o'rin olgan “Bolonya” – “Milan” bahsida “rossonerilar” 2:1 hisobida zafar quchdi.

26-daqiqada Zlatan Ibragimovich penaltinini noaniq amalga oshirdi. Raqib kiperi Lukash Skorupski Zlatanning zarbasini to'sib qolgan bo'lsa, qaytgan to'pga birinchi bo'lib yetib kelgan Ante Rebich uni darvozaga joylab qo'ydi – 1:0. 

2-taym o'rtalaridan “Milan” yana penalti tepish imkoniga ega bo'ldi. Bu safar to'pgan Frank Kessi yaqinlashdi va zarbada adashmadi – 2:0. Bo'lim oxirlarida yarim himoyachi Andrea Poli hisobni qisqartiruvchi gol muallifiga aylandi – 1:2.

Ushbu muvaffaqiyatdan keyin Stefano Pioli shogirdlari ochkolari sonini 46 taga etkazib olib, jadvalda peshqadamlik qilishda davom etmoqda.

"Bolonya" – "Milan" 1:2

"Renato Dall'Ara"

Gollar: 0:1 – 26 Rebich, 0:2 – 55, penalti Kessie, 1:2 – 81 Poli.

"Bolonya" – Skorupski, Larangeyra, Sumaoro, Deyks (Palasio, 79), Tomiyasu, Sxauten (Poli, 79), Dominges (Svanberg, 67), Orsolini (Olsen, 67), Soriano, Sansone (Vinyato, 67), Barrou.

"Milan" – Donnarumma, Tomori, Romanoli, Teo, Kalabriya, Kessie, Tonali (Bennaser, 62), Salemakers, Rebich (Krunich, 62), Ibragimovich, Rafael Leau (Mandjukich, 73).

Ogohlantirishlar: Deyks (24), Rebich (51), Soriano (56).

TURNIR JADVALI


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia