A Seriya. "Milan" 27 o'yindan beri mag'lub bo'lmayapti. Keyingi raqib – "Yuventus"

"Milan" Italiya chempionatining 15-turida "Benevento"ni mag'lub qildi (2:0).

Shu tariqa, Stefano Pioli jamoasining mag'lubiyatsiz o'yinlardan iborat seriyasi 27 o'yinga etdi (20 g'alaba, 7 durang).

"Milan" A Seriya bahslarida so'nggi bor o'tgan yilning 8 mart kuni "Jenoa"ga imkoniyatni boy bergan edi (1:2).

"Rossoneri"lar keyingi turni 6 yanvar oqshomida "Yuventus"ga qarshi "San-Siro"da o'tkazishadi.

"Milan" ayni paytda Italiya chempionatida karvonboshilik qilmoqda. 2-o'rindagi "Inter" bilan oradagi farq 1 ochko bo'lsa, "Yuve" bilan 13 ballni tashkil qiladi. Ammo, Andrea Pirlo shogirdlarida zahira o'yinlari ham bor.


Manba: