A Seriya - kuchli beshlikdagi eng samarador liga

Mirjalol Normatov
30 sen 2021
Italiya A Seriyasi kuchli beshlik chempionatlarida eng samarador liga sifatida qayd etildi.

Unga ko'ra, ushbu mavsumda A Seriyaning bir o'yiniga o'rtacha 3,23tadan gol to'g'ri kelmoqda. Bu Yevropa top-ligalaridagi eng yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi.

Ikkinchi o'rinda esa Bundesliga qayd etilgan. U erda bir o'yin uchun o'rtacha gollar 2,98tani tashkil qilsa, Liga 1'da bu natija 2,95ga teng.

APLda bir o'yinda o'rtacha 2,63ta gol urilmoqda. LaLigada esa 2,38ta.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Transfermarkt