A Seriya klubi "Chelsi" xavbekini sotib oladi

Alisher
5 dek 2019
Mario Pashalich faoliyatini to'la asosda "Atalanta"da davom ettirishi mumkin.

"Atalanta" asli "Chelsi"ga tegishli bo'lgan Mario Pashalichni 15 million evroga sotib olmoqchi. Futbolchi 2018 yildan buyon Bergamo klubida ijara asosida o'ynab kelmoqda.

O'yinchining o'ziga esa 2024 yilga qadar shartnoma taklif qilishmoqchi. Bitim tez orada tuzilishi kutilmoqda.

Futbolchi joriy mavsum A Seriyada 13ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira