A PRO-Liga. Farg'ona viloyati derbisida “Istiqlol” g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
29 may 2019
A Pro-Liga 8-turida "Istiqlol" va “Iftixor” jamoalari o'rtasida Farg'ona viloyati derbisi o'tkazildi.

Bellashuvning birinchi bo'limi dastlabki daqiqalari teng kurashlar ostida o'tdi. Har ikki jamoa vakillari raqib darvozasini ishg'ol etish maqsadida hujumkor o'yin namoyish etdilar. Birinchi bo'lim o'rtalariga kelib Istiqlol jamoasining 17-raqamli futbolchisi Anvar Hojimirzaevda ikkita qulay imkoniyat yuzaga keldi, uning dastlabki zarbasi darvoza ustuniga tegib maydonga qaytgan bo'lsa, ikkinchi zarbasini Iftixor himoyachisi deyarli darvoza chig'ig'i ustidan qaytarib qoldi. Birinchi bo'lim so'ngiga qadar har ikki jamoa vakillarida gol kiritish uchun imkoniyatlar yuzaga kelgan bo'lsa-da, hisob ochilmadi - 0:0.




Uchrashuvning ikkinchi bo'limi ham xavfli vaziyatlarga boy bo'ldi. Har ikki jamoa vakillarida raqib darvozasini ishg'ol etish uchun ko'plab imkoniyatlar yuzaga keldi. Uchrashuvning 83-daqiqasida Istiqlol futbolchisi Sardorbek Sotvoldiev hakam tomonidan belgilangan penaltini golga aylantirib, hisobni ochdi – 1:0. Farg'ona viloyati derbisi shu tariqa Istiqlol jamoasining kichik hisobdagi g'alabasi bilan yakuniga etdi.



PRO-liga. "A" guruhi.
8-tur
“Istiqlol”  - “Iftixor" – 1:0 (0:0)
Gol:
Sardorbek Sotvoldiev 83-pen. (1:0)
Hakamlar: Akobirxo'ja Shukrulloev, Hasan Nabiev, D.Tilloev, Ravshan Kopadze
Nazoratchi: Andrey Tambovcev
Komissar: Jahongir Rahmatullev
"Istiqlol": 1.Rustam Nartadjiev, 3.Farrux Ibrohimov, 4. Jasurbek Ermamatov, 8.Sardorbek Sotvoldiev, 14.Rustamjon Abduhamidov, 17.Anvarjon Xojimirzaev, 19. Fayzullobek Jumanqo'ziev, 20.Ulug'bek Xudayberdiev, 22. Sardor Telyakov, 30.Eldor Ergashev, 77. Umidjon Qodirov
Zaxira: 16.Shuxratillo Raxmonov, 2. Sherzodbek Sodiqjonov, 5. Abduxoliq Qurbonov, 7.Riza Ayvazov, 9. Abduqodir Artikov, 11.Anvar Berdiev, 13. Timur Sultonov, 18. Shoxrux Boyqo'ziev, 21. Elyor Mamasoliev
"Iftixor": 1. Malik Abdulaziz Burxonov, 2.Ahmadxon Ro'ziboev, 4.Davronbek Qoraboev, 5.Asrorbek Tilovoldiev, 10. Dostonbek Bobojonov, 18. Nodirxon Kamolov, 20.Izzatbek G'aniev, 21.Jamshid To'raqulov, 25.Shoxruh Yuldashev, 77.Abdumalik Toshpo'latov, G'iyosjon Tursunov
Zaxira: 16.Dilxushbek Mo'ydinov,3. Javohir A'zamov, 8. Olloyor Solijonov, 9.Dostonjon Rashidov, 13.Shuxratjon O'rinboev, 14.Bekzod Aliev, 17.Nurullo Mirzajonov, 22.Ozodbek Davronbekov.

Bekzod Tolibov tayyorladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia