

“Tulkilar” raqib darvozasiga javobsiz to'qqizta gol urishdi va APL doirasida o'tkazilgan safardagi bahsda eng yirik g'alabani qo'lga kiritishdi. Bundan oldingi natija esa “Manchester Yunayted”ga tegishli edi. 1998/99 yilgi mavsum Aleks Fergyuson shogirdlari Nottingem Forestni mehmonda 8:1 natijasi bilan tor-mor etishgandi.
Shuningdek, Brendon Rojers murabbiyligidagi jamoa Premer-liga tarixidagi eng yirik g'alabani takrorladi. 1994/95 mavsum “qizil iblislar” uyda Ipsvichni 9:0 natijasi bilan engishgandi.




