83 yoshli "Milan" sobiq egasi Berluskoni koronavirusga chalindi

Sherzod Nurmatov
3 sen 2020
Italiya sobiq Bosh vaziri Silvio Berluskoni koronavirus bilan kasallangani ma'lum bo'ldi.

U hozir uyda izolyaciyada va masofadan turib ishlamoqda. 83 yoshli tadbirkorda virus simptomlarsiz kechmoqda.

Berluskoni yaqinda Sardiniyaga tashrif buyurganidan so'ng, test topshirishga qaror qildi, u erda avgust oyida koronavirus bilan kasallangan bemorlar sezilarli darajada ortgandi.

Silvio Berluskoni 1986 yildan 2017 yilgacha Milanning egasi bo'lgan. Shundan so'ng, u "Monca"ni sotib oldi, ushbu klub o'tgan mavsum natijalariga ko'ra, Italiyaning ikkinchi divizioniga yo'l oldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Reuters