81 yoshli Berluskoni Galliani bilan birga yangi klub sotib olmoqchi

Narzulla Saydullayev
5 sen 2018, 01:02
Milan sobiq prezidenti Silvio Berluskoni yana futbolga qaytmoqchi.

81 yoshli italiyalik rossonerlar sobiq vice-prezidenti Adriano Galliani bilan birga Monca klubini sotib olmoqchi.

Tomonlar muzokarani boshlashgani aytilmoqda. Monca ayni paytda Italiya C seriyasida ishtirok etmoqda.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football-italia.net