8 mart kuni “Qizilqum” - “Buxoro” uchrashuvi Qiziltepada o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
7 mar 2015
Ikki yildirki, Navoiyning “Qizilqum” jamoasi yangi mavsum arafasida o'rtoqlik uchrashuvi uyushtirishni odat qilgan.
O'tgan yili 8 mart kuni konchilar Qarshining “Nasaf” futbolchilari bilan kuch sinashgandi. Bu anana amaldagi yilda ham davom etadi.

8 mart kuni “Qizilqum” jamoasi O'zbekiston XXIV milliy chempionati boshlanishi oldidan oxirgi sinov o'yinini o'tkazadi. Unda navoiyliklar “Buxoro” vakillari bilan kuch sinashadi. Uchrashuv Navoiy viloyati Qiziltepa tumani markazidagi “Do'stlik” stadionida soat 11.00 da boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, 2014 yil 8 mart kuni mazkur stadionda o'tkazilgan “Qizilqum” - “Nasaf” jamoalari bahsida navoiyliklar 3:2 hisobida g'alaba qozongan edi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcqizilqum.uz